09 may 17:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyaoning navbatdagi jangi sanasi malum, uning kardida Tim Czyu Fundoraga qarshi revansh jangini o'tkazadi
ESPN'ning manbalariga tayanib xabar berishicha, yarim o'rta vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Mario Barrios va sakkiz divizionning sobiq chempioni Menni Pakyao o'rtasidagi titul bellashuvi 19 iyul kuni tashkil etiladi.
Boks oqshomiga Las-Vegas shahri mezbonlik qiladi.
Musobaqa anderkardida super yarim o'rta vazn toifasidagi WBC kamari sohibi Sebastyan Fundora sobiq jahon chempioni Tim Czyu bilan bahs olib borishi aytilmoqda. Bu ikki bokschi uchun o'zaro ikkinchi bellashuv bo'ladi. Avvalgisida Sebastyan g'alaba qozongandi. Bu jang uchun Fundora o'zining WBO chempionlik kamaridan kechib yuborgan.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar