23 avg 07:33
Yangiliklar
Para pauerlifting. Matonatli atletlarimiz jahon chempionatida 7 ta medal qo'lga kiritishdi, 4 tasi OLTIN!
O'g'il bolalar o'rtasida -88 kg vazn toifasida kechgan bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Jasurbek Yo'ldoshev 135 kg natija bilan oltin medalni qo'lga kiritdi.
-55 kg vazn toifasi bahslarida ishtirok etgan vakilamiz Ruhshona O'ktamova 95 kg natija bilan oltin medalni qo'lga kiritdi. Yana bir quvonarli jihati shundaki, sportchimiz ushbu natija orqali Osiyo rekordini ham yangilashga muvaffaq bo'ldi.
-59 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Firdavs Botirov 88 kg natija bilan kumush medalga sazovor bo'ldi.
-72 kg vazn toifasida bellashgan hamyurtimiz Umidjon Arzimatov 110 kg natija qayd etgan holda g'oliblik shohsupasiga ko'tarildi.
SHu tariqa, O'zbekiston sport delegaciyasi hisobidagi medallar soni 7 taga etdi: 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza. Terma jamoamiz medallar jamg'arish bo'yicha Qozog'iston, Ozarbayjon, Ukraina, Misr kabi davlatlarni ortda qoldirib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.
Fikrlar