20 iyu 06:51
Yangiliklar
Taekvondo
Para-taekvondochilarimiz Osiyo chempionatida 4 ta medal qo'lga kiritishdi
Iordaniya poytaxtida para-taekvondo bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.
Mazkur musobaqada ishtirok etgan hamyurtlarimiz 4 ta medal qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishdi.
-75 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Aziz Marasulov barcha raqiblarini mag'lub etib, oltin medalga sazovor bo'lgan bo'lsa, -61 kg.da dayanga chiqqan Sanjar Muxtorov finalda imkoniyatni boy berib qo'ydi.
SHuningdek, Guljanoy Naimova (-58 kg) hamda Ziyoda Isakova (-49 kg) o'z vazn toifalarida bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Takidlash joiz, mazkur musobaqada Osiyoning 32 mamlakatidan 300 dan ziyod para-taekvondochilari bahs olib borishdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar