So’nggi yangiliklar

19:30Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 19:09Президент шахматчиларимизни тақдирлаб, Янги Тошкентда 500 ўринли шахмат саройи қуришни таклиф қилди 0 18:44Буюк Британия парламенти аъзоси "Манчестер Сити"ни АПЛдан четлатишга чақирди 0 18:15Осиё ўйинларининг ўнинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:48Осиё ўйинларининг ўнинчи кунини 3 та медаль билан якунладик: уларнинг 2 таси олтин! 0 17:18Таэквондочиларимизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:43"Манчестер Сити" АПЛ томонидан қўйилган айбловларга жавоб қайтариш ниятида 0 16:09Осиё ўйинлари: эртага тўрт нафар боксчимиз ярим финалда жанг қилади 0 15:16Осиё ўйинларига бормаган боксчиларимиз Хитойдаги турнирда қатнашишди 0 14:35Осиё ўйинларининг дзюдо беллашувларига қуръа ташланди. Ҳамюртларимизнинг илк рақиблари маълум 0 12:13Диёра Келдиёрова узоқ танаффусдан кейин татамига қайтмоқда! 0 10:00Акбар Жўраев жаҳон рекордини янгилаб, Осиё ўйинлари чемпионига айланди 0 09:11Ямаль Мессини Марадона ва Пеледан яхшироқ деб ўйлайди 0 22:34Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси ғолиблари Президент томонидан тақдирланди 0 20:42Ўзбекистон Осиё ўйинларида энг кўп боксчи билан ярим финалга йўл олди 0

23 okt 10:46
Yangiliklar

Paralimpiya

Paralimpiya chempioni Asila Mirzayorova masul lavozimda ish boshladi

Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati malum qildi.

Paralimpiya o'yinlari chempioni Asila Mirzayorova nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo'yicha maxsus vakil sifatida ish boshladi.

SHu yilning 22 oktyabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligida bo'lib o'tgan tadbirda para engil atletika bo'yicha paralimpiya chempioni Asila Mirzayorova Agentlikning nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo'yicha Maxsus vakili sifatida tanishtirildi.

«Agentligimiz oilasiga yana bir paralimpiya chempioni qizimiz kelib qo'shildi. Biz Asila bilan Parijda birga ishlashni niyat qilgan edik. Bugun shu niyatimiz amalga oshdi: Asila Mirzayorova Agentlik Maxsus vakili bo'ldi. Agentlik oilasiga xush kelibsiz Asila! Asila juda kuchli va aqlli qiz. Asila Nogironligi bor shaxslar huquqlarini himoya qilish bilan shug'ullanadi. Endi bizning jamoamizda Diyora va Asila kabi chempion qizlarimiz bor. Men ishonaman: biz yanada kuchli bo'ldik va yangi yuksak marralarni birgalikda zabt etamiz!» – dedi SHahnoza Mirziyoeva.

Tadbirda so'zga chiqqan paralimpiyada chempioni bildirilayotgan yuksak ishonch uchun o'z minnatdorchiligini bildirib, agentlik maxsus vakili bo'lishga rozi bo'lganining sababini quyidagicha izohladi:

«Men uchun nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo'yicha maxsus vakil sifatida ish boshlash katta sharaf va masuliyat. Bu vazifa menga nogironligi bo'lgan insonlar huquqlarini himoya qilish va teng imkoniyatlar yaratishga o'z hissamni qo'shish imkoniyatini beradi. Paralimpiya sportchisi sifatida men jismoniy va ijtimoiy to'siqlarni qanday engishni bilaman va har bir inson jamiyatning teng huquqli azosi bo'lishi kerak, deb ishonaman»- deya takidladi paralimpiyada chempioni.

O'z o'rnida Asila Mirzayorova, maxsus vakil sifatidagi yangi vazifasida davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilib, inklyuziv muhit yaratishda o'z hissasini qo'shishidan mamnunligini alohida qayd etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing