05 noy 09:24
Yangiliklar
Parij "Masters". Jokovich - Rublyov uchrashuvi 3 soat, 3 set davom etdi
Yarim final doirasida kechgan serbiyalik Novak Jokovich hamda rossiyalik Andrey Rublyov o'rtasidagi bahs dramatik ruhda bo'lib o'tdi. Roppa-rosa uch soat davom etgan uchrashuvda dunyoning birinchi raketkasi bo'lib turgan Jokovich irodali g'alabaga erishdi - 5/7, 7/6(3), 7/5. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Novak katta farq bilan oldinda bormoqda - 5:1.
Yarim final davomida dunyoning beshinchi raketkasi hisoblangan Rublyov 16 ta eys va 2 ta brekyka erishib, 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Jokovich esa 17 ta eys, 5 ta qo'shxato va 2 ta breyk qayd etdi. Serbiyalik bu yilgi mavsumdagi ketma-ket 17-g'alabasini tantana qildi. Faoliyatida 58-marotaba "Masters" turnirlari finaliga chiqdi, bu esa rekord hisoblanadi.
Fikrlar