03 noy 09:27
Yangiliklar
Tennis
Paris Masters. Novak Jokovich 1/4 finalda!
Franciya poytaxti Parij shahrida tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich nufuzli musobaqaning chorak final ishtirokchisiga aylandi. Serbiyalik tennischi 2 soatu 39 daqiqa davom etgan 1/8 finalda ATP reytingida 23-pog'onadan joy olgan niderlandiyalik Tallon Grikspurdan qiyinchilik bilan ustun keldi - 4/6, 7/6(2), 6/4.
Novak tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisobni yirik ko'rinishga keltirdi - 3:0. U 9, Grikspur esa 12 ta eys zarbasini ijro etgan. Qo'shxatolar serbiyalikda ko'proq bo'ldi - 7 ga 4! Ikkala tennischi ham 3 tadan breykni amalga oshirgan. Endi Jokovich Rolex Paris Masters 1/4 finadida daniyalik Xolger Runega qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar