04 noy 18:05
Yangiliklar
Tennis
Paris Masters. Rublyov 1/2 final chiptasiga ega chiqdi
Tennis bo'yicha Parij "Masters" turnirida yarim final ishtirokchilari malum bo'ldi.
Dunyoning beshinchi raketkasi Andrey Rublyov chorak finalda ATP reytingida 13-pog'onada borayotgan avstraliyalik Aleks De Minaurni 4/6, 6/3, 6/1 hisoblarida taslim etdi. Rossiyalik tennischi o'zaro uchrashuvlardagi umumiy hisobni minimal darajada qisqartirishga erishdi - 2:3.
Uchrashuv statistikasi:
Eyslar: Rublyov 4, De Minaur 5
Qo'shxatolar: Rublyov 2, De Minaur 3
Breyklar: Rublyov 5, De Minaur 2
Endi Andrey Rublyov Rolex Paris Masters final chiptasi uchun dunyoning birinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar