19 dek 12:20
Yangiliklar

Parker CHisoraga qarshi revansh jangida WBO kamarini himoya qildi + FOTO
"Manchester Arena" stadionida o'tgan oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, yangi zelandiyalik Jozef Parker (30-2, 21 KO) chempionlik uchun sobiq davogar, britaniyalik Derek CHisora (32-12, 23 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
Boks kechasi Matchroom Boxing prmouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etildi. O'n ikki raundlik jang to'liq davom etdi va yakunda Parker hakmlarning yakdil qarori bilan - 14-112, 115-110, 115-111 hisoblarida g'alaba qozondi. Bu bilan u o'ziga tegishli qitalararo WBO kamarini himoya qildi.
Eslatib o'tamiz, shu yilning may oyida bu ikki bokschi o'rtasida o'tkazilgan ilk jangda ham Parker ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi. Bu CHisora uchun faoliyatidagi 44-jang bo'ldi. Uning hisobida 32 g'alaba va 12 mag'lubiyat bor. Parker esa kecha 30-g'alabasini tantana qildi. Ikkita jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Fikrlar