29 iyu 20:05
Yangiliklar
Paulo Kosta: "Ankalaev chempionlik jangidan ko'ra UFC`dan haydalishga yaqinroq"
"Bazilar men Irji yoki Ankalaev bilan jang qilishim kerakligini aytmoqda. Irji Proxazka yaqinda ahmoqona mag'lubiyatga uchradi, Ankalaev esa navbatdagi nihoyatda zerikarli jangidan so'ng, chempionlik jangiga emas, balki UFC`dan haydalishga yaqinroq turibdi", — deb yozdi braziliyalik jangchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Guskovni mag'lub etgach, Ankalaev navbatdagi jangini 24 oktyabr kuni Abu-Dabida tashkil etilishi rasman elon qilingan UFC 333 turnirida o'tkazishni istashini malum qilgandi.
Avvalroq internetda Paulo Kosta Azamat Murzakanov ustidan muddatidan avval qozonilgan g'alabadan so'ng yarim og'ir vazn toifasi kuchli o'nligiga kirgani va Irji Proxazka bilan birgalikda vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Divizionning amaldagi chempioni Karlos Ulberg ayni damda Proxazkaga qarshi chempionlik jangida olgan tizza jarohatidan tiklanmoqda va kelasi yilning boshida oktagonga qaytishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar