20 avg 13:37
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/232865_220.jpg)
Paulo Kosta Lyuk Rokxoldni nafaqaga jo'natishini aytdi
Braziliyalik UFC jangchisi Paulo Kosta Lyuk Rokxold bilan jang oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men hozir o'zimning eng cho'qqiga chiqqan paytimdaman. Men bu qariyani "sindiraman"! Uning asabiylashganini qarang. U monstr bilan jang qilishi kerakligini biladi. Unga qarang, qanday asabiylashganini ko'ring. Yakshanba kuni men uni nafaqaga jo'nataman", - dedi Kosta matbuot anjumanida.
Malumot uchun, UFC 278 turniri ertaga tongda bo'lib o'tadi. Prelim kard janglari 05:00da, asosiy kard janglari esa 07:00da start olishi belgilangan.
Avvalroq, jangchilarning vazn marosimi bo'lib o'tgani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar