27 iyu 11:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Paulo Kosta Magomed Ankalaev - Bogdan Guskov jangi haqida keskin fikr bildirdi
Braziliyalik UFC jangchisi Paulo Kosta Abu-Dabida o'tkazilgan UFC Fight Night 282 turnirining markaziy bahsi haqida gapirdi.
"Xudoning qudrati bilan men bu vazn toifasini bir xillik va zerikarli janglardan qutqaraman. Ruslarning bir qotili — zerikarli janglarga qarshi", deb yozgan Kosta ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
Abu-Dabi turnirining markaziy bahsida Magomed Ankalaev hamyurtimiz Bogdan Guskovni beshinchi raundda texnik nokaut orqali mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : Main Card
Fikrlar