04 noy 09:49
        Yangiliklar	
	
				Peddi Pimblett: "Men Topuriyani shohsupadan erga tushiraman"
"Men uning yuzini savol-javobsiz tilka-pora qilaman. To'g'risini aytsam, men uni har tomonlama yutishimni ko'ryapman - jang qanday bo'lishidan qati nazar. Odamlar uni qandaydir katta va hayratlanarli hodisa deb o'ylab, shohsupaga ko'tarishdi, ammo men uni qarsillatib erga tushiraman", - dedi britaniyalik Peddi.
Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, Iliya Topuriya kelasi yilning yanvar oyida Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan UFC 324 turnirida Peddi Pimblett yoki Jastin Getjiga qarshi chempionlik kamarini himoya qiladi.
Britaniyalik aralash yakkakurash ustasi shu yilning aprel oyidan beri jang qilmagan bo'lsa-da, UFC engil vazn toifasi reytingida o'ninchi o'rindan oltinchi o'ringa ko'tarilib, divizionning kuchli beshligiga yaqinlashib oldi.

			
Fikrlar