25 sen 14:52
Yangiliklar

Peddi Pimblett UFC engil divizionidagi o'zi uchun eng qiyin jangni aytdi
Britaniyalik aralash yakkakurash ustasi ko'pchilik taxmin qilgandek, divizionning amaldagi chempioni Iliya Topuriyani o'zi uchun eng qiyin raqib sifatida ko'rmaydi. Uning fikricha, unga eng og'ir jangni engil vazn reytingining ikkinchi pog'onasida borayotgan rossiyalik Arman Carukyan taqdim etishi mumkin.
"Uslub jihatidan Arman Iliyadan ko'ra qiyinroq raqib. U ko'proq haqiqiy engil vaznli sportchi va menimcha, uning grepplingi Iliyanikidan yaxshiroq. Topuriya zarba berishda kuchliroq, ammo uslublar jangida Carukyanga qarshi to'qnashuv men uchun qiyinroq jang bo'ladi", - dedi Pimblett.
Eslatib o'tamiz, Arman Carukyan 22 noyabr kuni Qatardagi UFC turnirida navbatdagi jangini o'tkazadi. U oqshomning asosiy jangida yangi zelandiyalik Den Xukerga qarshi oktagonga chiqadi. Iyun oyida vakant chempionlik kamarini qo'lga kiritgan Iliya Topuriya esa kelasi yili ilk chempionlik himoya jangini o'tkazishni rejalashtirmoqda. U reytingda ettinchi o'rinni egallab turgan Peddi Pimblettga qarshi jang o'tkazishi mumkin.
Fikrlar