26 sen 13:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Pedrasa birlashtiruvchi chempionlik jangida Lomachenkoga sovg'a tayyorlayapti
Professional boksning engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni puertorikalik Xose Pedrasa ukrainalik jahon chempioni Vasiliy Lomachenkoga qarshi kechadigan jangi oldidan fikr bildirdi.
“Birlashtiruvchi chempionlik jangida qatnashish imkoniyatini berishganidan xursandman. O'z vazn toifamda bunday imkoniyatga ega bo'lmagandim. Dunyoning eng yaxshi bokschilaridan biri bo'lish uchun harakat qilaman. Mendan 8 dekabr kuni “syurpriz” kuting!”, - dedi Pedrasa.
Eslatib o'tamiz, Vasiliy Lomachenko va Xose Pedrasa o'rtasidagi jang 8 dekabr kuni Nyu-York shahrida bo'lib o'tadi. Jang g'olibi engil vazn toifasida WBA va WBO yo'nalishlari chempionlik kamarini qo'lga kiritadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar