17 fev 16:45
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Pekin-2022. Konkida yugurish poygalarida Mixo Takagi oltin medalni qo'lga kiritdi
Pekin shahrida XXIV qishki Olimpiya o'yinlari davom etmoqda.
Bir nechta daqiqa avval konkida yugurish poygalarida medallar jamlanmasi o'ynaldi. Eng yaxshi natijani yaponiyalik Mixo Takagi ko'rsatdi va oltin medalga ega chiqdi. Kuchli uchlikdan Niderlandiya vakili Yutta Lirdam va AQSH vakili Brittani Bou o'rin egalladi.
1000 m, ayollar
1-o'rin: Mixo Takagi (Yaponiya)
2-o'rin: Yutta Lirdam (Niderlandiya)
3-o'rin: Brittani Bou (AQSH)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar