05 avg 23:38
Yangiliklar
Futbol, Tokio-2020
Pele sog'lig'i sabab Olimpiadaning ochilishida ishtirok etmaydi
Afsonaviy braziliyalik futbolchi Pele bir necha soatdan so'ng Rio-de-Janeyroda o'tkaziladigan Yozgi olimpiya o'yinlarining ochilish marosimida ishtirok etmaydi.
Malumotda aytilishicha, Pele sog'lig'i sabab bunday imkoniyatdan mahrum bo'lgan. 75 yoshli afsona Olimpiadaning eng kulminacion nuqtasi – mashalani yoqish marosimida ishtirok etishi rejalashtirilgandi.
Eslatib o'tamiz, Pele o'tgan yilning dekabr oyida o'tkazilgan operaciyadan so'ng mustaqil ravishda yura olmayotgandi. Olimpiadaning ochilish marosimi bizning vaqt bilan tong sahar soat 04.00da boshlanadi.
Havola :
Fikrlar