06 okt 11:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Pereyra CHimaevning chaqiruviga javob berdi: "Yo'q!"
Magomed Ankalaev bilan revansh jangida UFC chempionlik kamarini qaytarib olgan Aleks Pereyra Xamzat CHimaevning chorloviga javob qaytardi.
"Tabriklayman, Aleks! Endi ishimizni tugatishimiz kerak", - deb yozdi "Borz" ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.
Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi bunga javoban ayni damda uni faqat og'ir vazn toifasidagi superjang qiziqtirayotganini malum qildi.
"Tabrik uchun rahmat, lekin menga superog'ir vaznda superjang kerak. Unga faqat shuni aytishim mumkin - rahmat!", - dedi Pereyra turnirdan keyingi matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, yarim og'ir vazn toifasi chempionlik kamar uchun kechgan jangning 80-soniyasidayoq Aleks Ankalaevni texnik nokautga uchratib, o'z unvonini qaytarib olgandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar