30 sen 09:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Pereyra UFC 320 oldidan Ankalaev bilan bo'layotgan mojaro haqidagi savolga javob berdi
UFC sobiq chempioni Aleks Pereyra Magomed Ankalaev bilan bo'lgan mojaro haqidagi savolga javob berdi.
"Men raqiblarim bilan mojarolardan qochishga harakat qilaman. Hatto janglardan keyin ham ular bilan do'stona munosabatda bo'lishga urinamiz. Siz buni ko'rgansiz. Men sobiq raqiblarim bilan birgalikda mashg'ulotlar haqida ham gapirganman. Nimaga shunday bo'layotganini bilmayman.
Uning aytishicha, undan qochayapman, u bilan jang qilgim kelmayapti. Lekin bu hech qachon haqiqat bo'lmagan. Hammamiz yaxshi bilamizki, UFC bu jangni istamagan. Bu men sababli emas. U bilan mening hech qanday muammom yo'q. Men doim do'stona bo'lishga va mojarolardan qochishga harakat qilaman", — deydi Pereyra.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar