15 iyu 16:20
Yangiliklar

Petr Yan uchun raqiblar ko'payib qoldi shekilli
"Veraning o'zi jangga chorladi, lekin kelishuvga erishganimizda, u jangni avgustda o'tkazish haqida gapira boshladi. Avgust yoki 10 sentyabr — reytingning birinchi raqamlisi bilan jang qilish uchun muddat ekan. Agar bu haqda rost gapirayotgan bo'lsang, jang qilishni istasang, lekin keyin boshqa raqib tanlasang — bilmadim. Balki kelisha olmasligimizni kutgandir. Hamma narsa bo'lishi mumkin", - dedi Petr Yan Championat.com saytiga bergan intervyusida.
Ekvadorlik jangchi ijtimoiy tarmoqlarda Sun Yadun bilan tortishayotganda, Petr Yan bilan jang qilish istagini bildirgan edi.
"Keyingi jangimda Yanni bir yoqlik qilaman, keyin navbat senga etadi", - deb yozgan Vera.
Avvalroq, Petr Yanning Deyvison Figeredo bilan ehtimoliy jangi va Marlon Veraning navbatdagi jangi rasman tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar