06 iyu 07:02
Yangiliklar
"Pitbul" ishtirokidagi Bellator 283 markaziy jangi bekor qilindi
Vaziyatga yaqin manbalarning xabar berishicha, braziliyalik chempion mashg'ulot chog'ida jarohat orttirib olgan. Buning natijasida uning 22 iyulga belgilangan jangi bekor qilingan. Bellator 283 turniri AQSHning Vashington shtati Takoma shahrida o'tkaziladi.
Xabarda aytilishicha, "Pitbul" mashg'ulotlarga ikki haftadan so'nggina qayta oladi. Hozircha Bellator promousheni vaziyatga rasmiy munosabat bildirmadi. Bellator 283 turnirining Co-main event jangi yarimo'rta vaznda tashkilotning sobiq chempioni Daglas Lima hamda Jeyson Jekson o'rtasida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, 36 yoshli Patriki Freyre o'tgan yilning noyabr oyida akasi Patrisio Freyre tomonidan vakant qoldirilgan kamarni qo'lga kiritgan edi. U ikkinchi raundda Piter Kuillini texnik nokautga uchratgandi.
Fikrlar