29 may 19:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Pore CHendlerni tanqid qildi
Engil vaznda UFC'ning sobiq vaqtinchalik chempioni Dastin Pore Maykl CHendler haqida keskin fikr bildirdi.
"Siz rostdan ham bu yigitning meni unutganiga ishonasizmi? Buning uchun aqldan ozgan bo'lishingiz kerak. CHarlz Oliveyra hali ham chempion, men esa — birinchi raqamli davogarman.
U kelganidan beri UFC'da g'alaba qozonib kelayotgan jangchilardan hech kimni mag'lub etmadi, uni uchta jangdayoq mag'lubiyatga uchratishdi. Den Xuker va Toni Fergyusonning so'nggi beshta jangdagi statistikasiga qarang — u shu ikki yigitni mag'lub etdi. Bu treshtok emas, men shunchaki fakt keltiryapman. U bilan jang qilishga tayyorman, menga farqi yo'q, jangni rejalashtiring!", - deya takidlagan "Brilliant".
Havola :
Manba : FightTime
Fikrlar