So’nggi yangiliklar

09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0

28 sen 16:23
Yangiliklar

Dzyudo

Poytaxt viloyati chempionlari CHirchiqda aniqlandi

CHirchiq shahridagi "Kimyogarlar" sport majmuasida 2007-2008 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida Toshkent viloyati chempionati bo'lib o'tdi.

Jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, xususan, dzyudo sport turini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni saralash va terma jamoalar safiga yo'naltirish maqsadida CHirchiq shahridagi "Kimyogarlar" sport majmuasida 2007-2008 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida Toshkent viloyati chempionati bo'lib o'tdi. 

Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi, viloyat dzyudo federaciyasi, CHirchiq shahar sport maktabi hamda boshqa masul tashkilotlar hamkorligida o'tkazilgan musobaqada poytaxt viloyatining barcha tuman va shaharlaridan 200 nafardan ziyod yosh dzyudochilar g'oliblik yo'lida tatamiga chiqdilar. 

Barcha g'olib va sovrindorlar

O'g'il bolalar 

35 kg. Sanjar Qambaraliev (Angren sport maktabi), 38 kg. Bahodir Yo'ldoshev (CHirchiq OPZK), 42 kg. Olimjon Nematullaev (CHirchiq OPZK), 46 kg. Erkebulan Nuraliev (Bo'stonliq tuman sport maktabi) 50 kg. Otabek Yo'ldoshboev (CHirchiq OPZK), 55 kg. Dulat Turdiyarov (CHirchiq OPZK), 60 kg. Ravshan Bozorov (CHirchiq shahar sport maktabi), 66 kg. Ayubxon Muhammadvaliev (CHirchiq OPZK), 73 kg. Sardor Bahodirov (CHirchiq sport maktabi), +73 kg. Botir Yo'ldoshev (CHirchiq sport maktabi). 

Qizlar 

36 kg. Belana Umrzoqova (CHirchiq sport maktabi), 40 kg. Muslima Muzaffarova (CHirchiq sport maktabi), 44 kg. Yulduz Xalilova (CHirchiq OPZK), 48 kg. Jasmina Bekjonova (Bo'stonliq tuman sport maktabi), 52 kg. Muhabbat Ro'ziboeva (CHirchiq OPZK), 57 kg. Mehribon Xurramova (Toshkent viloyati ixtisoslashgan sport maktabi). 

Yakuniy natijalarga ko'ra, umumjamoa hisobida mezbonlar eng ko'p medallar jamg'argan holda faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. 

Eslatib o'tamiz, g'olib sportchilar 30 oktyabr - 2 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatida o'smirlar va qizlar o'rtasida o'tkaziladigan O'zbekiston chempionati bahslarida Toshkent viloyati sharafini himoya qiladilar.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing