11 may 07:23
Yangiliklar
Velosport
Poytaxtimiz velosport bo'yicha xalqaro musobaqaga mezbonlik qilmoqda
Toshkent shahri va viloyati yo'llarida velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha xalqaro musobaqa start oldi.
14 mayga qadar davom etadigan “OQTOSH-CHORVOQ MOUNTAIN” ko'p kunlik turnirida O'zbekiston, Greciya, Ozarbayjon, Filippin, Qozog'iston, Tailand, Quvayt kabi davlatlardan 120 nafar sportchi ishtirok etyapti.
Yana bir ahamiyatli tomoni, musobaqa Xalqaro velosportchilar ittifoqining taqvimidan o'rin olgan bo'lib, atletlar u orqali Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga qimmatli reyting ochkolarini jamg'arishlari mumkin.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar