So’nggi yangiliklar

18:53"Бу уларга таъсир қиларди". Хабиб жанг пайтида рақиблари билан тез-тез гаплашиб турганини тушунтирди 0 18:10"Ҳазиллашмаяпман". Стрикленд Трамп ва Гитлер ўртасида ўхшашликни кўрсатди 0 17:35"Реал" ёзда Александр-Арнольдни сотиш ниятида эмас 0 16:59Хабиб нима учун Макгрегорни ҳеч қачон ҳақорат қилмаганини тушунтирди 0 16:14Икки вазнда собиқ UFC чемпиони промоушендаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:33Усик фаолиятидаги сўнгги жанг ҳақида: "Бизда иккита вариант бор" 0 14:57"Манчестер Юнайтед" дарвозабони бошқа клубга ўтди 0 14:16"У билан ҳаммаси тамом бўлган". Оверим Макгрегор ҳақида 0 13:40Алматидаги катта масштабдаги халқаро ўқув-машғулот йиғини давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:58Жавоҳир Синдаров: "Мен Гукешнинг энг кучли версиясига тайёрланяпман" 0 12:33УЕФА жазмани билан боғлиқ жанжал сабаб Инфантинонинг фаолиятини текширмоқчи 0 12:31Али Абдель-Азиз АҚШ Президенти яхши кўрадиган икки жангчини айтди. Улар орасида россиялик ҳам бор! 0 11:59Оғир атлетика бўйича Осиё чемпионатининг иккинчи кунги баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 11:26"Барселона" Араухонинг ўрнига ўринбосар топди 0 10:55Уайт Макгрегорнинг Дублиндаги ресторанига ташриф буюрди 0

22 sen 15:15
Yangiliklar

Taekvondo

Poytaxtimizda taekvondo WTF bo'yicha "Elchi kubogi" turnirining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Xabar berib o'tganimizdek, poytaxtimizda taekvondo bo'yicha o'smirlar o'rtasida Koreya Respublikasi elchisi kubogi uchun musobaqa boshlandi.

Bugun poytaxtimizdagi "Universal" sport majmuasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov ham ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda MOQ rasmiy sayti.

Marosimda so'zga chiqqanlar musobaqa ishtirokchilariga omad tilab, yurtimizda Koreya Respublikasining milliy sporti hisoblangan taekvondo tobora rivoj topib borayotgani, bunga misol sifatida Indoneziyadagi Osiyo o'yinlarida o'zbekistonlik taekvondochilarning qayd etgan natijalarini keltirib o'tishdi.

Koreya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulotda va muxtor elchisi janob Kvon Yon Uning o'zbek tilida bildirgan tilaklari esa yig'ilganlarning davomli olqishiga sazovor bo'ldi.

SHundan so'ng davraga Koreyadan tashrif buyurgan jahonga mashhur "Kukkivon" klubi sportchilari chiqib kelishdi va o'zlarining ko'rgazmali chiqishlarini namoyish etishdi. Taekvondo sportining ajoyib harakatlari aks etgan turli chiqishlar yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Bugun ushbu ajoyib chiqishlarni ko'ra olmaganlar ertaga, 23 sentyabr kuni musobaqaning yopilish marosimida ushbu tomosha guvohiga aylanishlari mumkin.

Turnir davom etmoqda. Bellashuvlar ertaga nihoyasiga etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing