07 iyu 09:34
Yangiliklar
Prezident Kubogi. Madrimov va Abdurasulov qozog'istonlik bokschilarni mag'lub etishdi
Ushbu mamlakat Prezidenti Kubogi uchun turnir bu yil oltinchi marotaba o'tkazilmoqda. Sankt-Peterburgdagi turnirdan to'g'ri Qozog'istonga etib kelgan charm qo'lqop ustalarimiz Astanadagi ushbu musobaqani ham muvaffaqiyatli boshlashdi.
Piterdagi tarkibdan birgina Bahodir Jalolov Qozog'istondagi musobaqaga kelmagan. Qolgan barcha charm qo'lqop ustalarimiz medallar uchun kurashga shaylar. Astanadagi turnirda 15 davlatdan jami 170 nafar bokschi ishtirok etyapti.
-60 kg vazn toifasidagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan SHunqor Abdurasulov yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni qozog'istonlik Samatali Toltaevni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Bugun SHunqor chorak final jangida filippinlik tajribali bokschi 29 yoshli CHarli Suarezga qarshi ringga ko'tariladi.
-75 kg vazn toifasidagi bokschimiz Isroil Madrimov ham ilk jangida mezbonlar vakilidan ustun keldi. U Toleshga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 5:0 (30:27, 30:27, 30:25, 30:26, 30:26).
Fikrlar