19 fev 08:48
Yangiliklar
Tadbirlar
“Prezident Olimpiadasi”ning yangi mavsumi va yirik musobaqalarga tayyorgarlik muhokama qilindi
Sport vazirligi hamda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda “Prezident Olimpiadasi” o'yinlarining yangi mavsumi va yaqin davrda o'tkazilishi rejalashtirilgan yirik sport musobaqalariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Yig'ilishda o'yinlarning tashkiliy jihatlari, hududlardagi saralash bosqichlarini samarali o'tkazish, infratuzilma va moddiy-texnik bazani tayyorlash, shuningdek, sportchilar uchun munosib sharoitlar yaratish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
SHu bilan birga, musobaqalarning shaffof va adolatli o'tishini taminlash, joriy yilgi kompleks musobaqalarda qatnashadigan terma jamoalar uchun barcha qulayliklarni yaratish masalalari muhokama qilindi.





Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar