09 okt 16:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Prof boksda o'zbekcha derbi ko'ramiz. Aloxon Abdullaevning Toshkentdagi raqibi elon qilindi
Xabar berganimizdek, 14 noyabr kuni Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida yirik prof boks oqshomi o'tkaziladi.
Musobaqada havaskor boksda Jahon chempionati sovrindori Aloxon Abdullaev ringga chiqishi elon qilingandi. Lift Promotions va Matchroom Boxing hamkorligida tashkil etiladigan turnirda Aloxonga boshqa bir hamyurtimiz Suhrob Qayumov raqib bo'ladi.
Malumot uchun, 22 yashar Aloxon Abdullaev prof faoliyati davomida 4 ta jang o'tkazib, 3 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. Suhrob Qayumov hisobida esa 4 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : Lift Promotions
Fikrlar