01 fev 16:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Promouter Teofimo Lopes va Rayan Garsiya o'rtasidagi jang haqida gapirdi
WBA, IBF va WBO chempioni Teofimo Lopesning promouteri Bob Arum mijozi va WBC vaqtinchalik kamari sohibi Rayan Garsiya o'rtasidagi jang g'oyasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Bob Arum aynan shu jang borasida Garsiyaning promouteri Oskar De La Xoya bilan muzokara o'tkazganini aytdi.
Arumning so'zlariga ko'ra, ikkala bokschi ham oraliq janglar o'tkazishlari lozim. Teofimo Lopes IBF kamari uchun Jorj Kambososga qarshi majburiy himoya jangini o'tkazsa, Rayan Garsiya WBC reytingida ikkinchi raqamli bokchi Xaver Fortuna bilan jang qilishi lozim. SHundan so'ng ikkala bokschi o'zaro jang olib borishadi.
"Bu jang 2021 yil o'tkazilishi kerak. CHunki bu jangdan so'ng Teofimo Lopes Teylor - Ramires to'qnashuvi g'olibiga qarshi jang qilish uchun keyingi vaznga ko'tarilishi kerak", - dedi Bob Arum.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar