13 avg 08:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Proxazka - Teysheira revansh jangining sanasi va manzili malum
MMAFightingʻning xabar berishicha, yarimog'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni braziliyalik Glover Teysheyra amaldagi chempion Irji Proxazkaga qarshi revansh jangini o'tkazadi.
Ushbu jang 10 dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi T-Mobile arenada, UFC 282 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Dastlabki reja bo'yicha jang 2023 yilning yanvar oyida Braziliyada, UFC 283 turnirida bo'lib o'tishi kerak edi. Ammo, tomonlar dekabr oyini maqul ko'rishdi.
Eslatib o'tamiz, ilk jangda Irji Proxazka raqibini bahs yakunlanishiga 28 soniya qolganida bo'g'ib qo'ygandi. O'sha paytga qadar Glover ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonayotgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar