01 okt 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA

"Pullarimni unga tikaman" - Drikus dyu Plessi Ankalaev - Pereyra revanshisha bashorat berdi
O'rta vazn (84 kg) toifasida sobiq UFC chempioni Drikus dyu Plessi yarim og'ir vazn (93 kg)da amaldagi chempion rossiyalik Magomed Ankalaev hamda braziliyalik Aleks Pereyra o'rtasidagi revansh jangi haqida gapirdi.
Ushbu chempionlik jangi 5 oktyabr kuni Las-Vegas (Nevada shtati, AQSH) shahri mezbonlik qiladigan UFC 320 turnirining asosiy to'qnashuvi bo'ladi.
"Haqiqatan ham bu jang oxirigacha davom etadi, deb o'ylamayman. Yani, to'liq besh raund. Men bu jangda Pereyraning g'alabasiga pul tikaman", - deya 31 yoshli janubiy afrikalik dyu Plessining so'zlarini keltiradi X ijtimoiy tarmog'idagi Championship Rounds akkaunti.
Malumot uchun, Ankalaev va Pereyra o'rtasidagi birinchi jang 2025 yil 9 mart kuni UFC 313 turniri doirasda bo'lib o'tgandi. To'liq besh raund davom etgan jangda davogar Annkalaev hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar