25 fev 14:48
Yangiliklar
Pxyonchxan-2018. Norvegiya medallar jamg'arish bo'yicha birinchi bo'ldi
Oq Olimpiadada medallar jamg'arish bo'yicha Norvegiya terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Skandinaviyaliklar 14ta oltin, shuncha kumush, 11ta bronza, jami 39ta medalga ega bo'lishdi.
Norvegiya singari 14ta oltin medalga ega chiqqan Germaniya terma jamoasi bu borada ikkinchi o'rinni egalladi. Olmonlar 10ta kumush, 7ta bronza medalini naqd qilishdi. Kuchli uchlikka jami 31ta medal bilan Kanada terma jamoasi yakun yasadi.
Pxyonchxan Olimpiadasida jami 30ta mamlakat sport delegaciyalariga kamida bitta bronza medali bilan Vatanga qaytish nasib etdi. Yigirma ikkita terma jamoa tarkibida bir nafardan Olimpiada chempioni bo'ldi.
Olimpiada-2018. Pxyonchxan, Janubiy Koreya
1. Norvegiya – 14-14-11 (39)
2. Germaniya – 14-10-7 (31)
3. Kanada – 11-8-10 (31)
4. AQSH – 9-8-6 (23)
5. Gollandiya – 8-6-6 (20)
6. SHveciya – 7-6-1 (14)
7. Janubiy Koreya – 5-8-4 (17)
8. SHveycariya – 5-6-4 (15)
9. Franciya – 5-4-6 (15)
10. Avstriya – 5-3-6 (14)
11. Yaponiya – 4-5-4 (12)
12. Italiya – 3-2-5 (10)
13. Rossiya – 2-6-9 (17)
14. CHexiya – 2-2-3 (7)
15. Belarus – 2-1-0 (3)
16. Xitoy – 1-6-2 (9)
17. Slovakiya – 1-2-0 (3)
18. Finlyandiya – 1-1-4 (6)
19. Buyuk Britaniya – 1-0-4 (5)
20. Polsha – 1-0-1 (2)
21. Vengriya – 1-0-0 (1)
22. Ukraina – 1-0-0 (1)
23. Avstraliya – 0-2-1 (3)
24. Sloveniya – 0-1-1 (2)
25. Belgiya – 0-1-0 (1)
26-27. Ispaniya – 0-0-2 (2)
26-27. Yangi Zelandiya – 0-0-2 (2)
28-30. Latviya – 0-0-1 (1)
28-30. Qozog'iston – 0-0-1 (1)
28-30. Lixtenshteyn – 0-0-1 (1)
Fikrlar