22 noy 08:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Pyotr Yan dunyoning eng kuchli besh bokschisini sanab berdi
Superengil vaznda vaqtinchalik UFC chempioni Pyotr Yan hozirgi kundagi eng kuchli bokschi kim ekanligi haqidagi savolga javob qaytardi.
"Menda Usik va uning boksi ajoyib taassurot qoldirmoqda. Sen o'zingga juda katta masuliyat yuklab, yani biror vaznda chempion bo'lib, undan yuqori bosqichga ko'tarilishni va u erda ham chempionlikka erishishing - bu faoliyatingdagi eng kuchli palla hisoblanadi.
Keyingi o'rinda Kanelo. U yaqindagina jang qildi. U ham ajoyib bokschi. Menga uning ishga yondashishi yoqadi. Hayotda ham Kanelo o'zini ajoyib tutadi. Golovkinni reytingning to'rtinchi yoki beshinchi o'ringa qo'yaman. Yana Vasiliy Lomachenkoni ham takidlagan bo'lardim. U ham yaxshi bokschi", - deydi Pyotr Yan.
Havola :
Manba : BoxingNews24
Fikrlar