21 noy 10:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Pyotr Yan UFC'dagi eng yaxshi bokschilar haqida gapirdi
Super engil vaznda vaqtinchalik UFC chempioni Pyotr Yan o'z talqiniga ko'ra promoushendagi eng yaxshi bokschilarni aytdi.
"To'g'risini aytsam, men unchalik ham ko'p janglar ko'rmayman. Maks Xollouey yaxshi boks tushadi. Dastin Pore, Konor Makgregor ham shunday.
Xabib Nurmagomedovni ham ushbu reytingga qo'shsak bo'ladi. Esingizdami? Xabib Yakvinta bilan jang qilgandi. O'shanda, u juda ko'p jeblar yo'llagandi.
Xabib jangdan so'ng, "Men Muhammad Alining ko'p janglarini ko'rganman va o'zimni Muhammad Alidek his qildim", -degandi. Xabib o'shanda yomon boks tushmagandi. Konorga ham ajoyib zarba "tiqib" olgani ham esimda", - dedi Pyotr Yan.
Havola :
Manba : BJPenn.com
Fikrlar