So’nggi yangiliklar

20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

17 fev 16:24
Yangiliklar

Tadbirlar

Qamashi tumanida sport bayrami

Mazkur ommaviy sport musobaqalarining joriy yilgi birinchi mavsumi, yani ko'chalararo mahalla bosqichi boshlanmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 11 apreldagi "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ–201-son qarorlarida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini taminlash maqsadida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning mavsumiy bosqichlarida minglab yoshlar mahorat va iqtidorlarini namoyish etmoqda. Asosiysi, jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan ommaviylik oshyapti. 

Mazkur "Besh tashabbus olimpiadasi"ning joriy yilgi birinchi mavsumi yani, ko'chalararo mahalla musobaqalari bosqichi boshlanmoqda. 

Xususan, Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani markazidagi 2-sonli sport maktabida ham "Besh tashabbus olimpiadasi"ga start berilishi hamda mart oyidan maktab o'quvchilari o'rtasida viloyat hokimi kubogi uchun "Maktablar ligasi" sport musobaqasining sektor bosqichi boshlanishi munosabati bilan tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.

Qashqadaryo viloyat sport boshqarmasi, Qamashi tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi, tuman maktabgacha va maktab talimi bo'limi, tuman birinchi va 2-sonli sport maktabi hamda boshqa masul tashkilotlar hamkorligida o'tkazilgan ushbu tadbirda 400 nafardan ortiq o'g'il-qizlar ishtirok etishdi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida so'z olgan Qamashi tumani hokimi Xurshid Usmonov hamda 2-sonli sport maktabi direktori SHerbek Soatov "Besh tashabbus olimpiadasi" bellashuvlari boshlanishi bilan barchani qutlab, ishtirokchilarga omad tilashdi. 

SHundan so'ng, sport maktabi tarbiyalanuvchilari hamda tumandagi ko'plab mahalla yoshlari ishtirokida futbol, stol tennisi, armrestling, voleybol, shaxmat, kurash kabi sport turlari bo'yicha o'zaro bellashuvlar tashkil etildi.

Sport maktabi direktori SHerbek Soatovning takidlashicha, "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi sport turlari bo'yicha bellashuvlar belgilangan dastur-rejaga muvofiq, boqichma-bosqich yil davomida o'tkaziladi va buning uchun etarlicha shart-sharoitlar mavjud.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing