So’nggi yangiliklar

10:45Даниэль Дюбуа Жозеф Паркерга қарши WBO камарини ҳимоя қилиши мумкин 0 10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0

24 iyu 09:57
Yangiliklar

Karate

Qamashida karate WKF sport turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi FOTOGALEREYA

Teglar :  KarateQashqadaryo
Qamashi tumanida “Yozni sport bilan o'tkazamiz” shiori ostida karate WKF sport turi bo'yicha o'smirlar o'rtasida ichki birinchilik musobaqasi bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada sport maktabining karate WKF sport turi tarbiyalanuvchilaridan iborat 6 yosh toifasida 9 ta vazn bo'yicha 50 nafar yaqin yosh sportchilar muxlislarsiz o'tgan ichki birinchilikda tatamida o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazishdi.

- Musobaqadan ko'zlangan maqsad - sportchi yoshlarni tatil kunlarini mazmunli o'tkazish, sog'lom turmush tarzini shakllantirish va targ'ib qilish, sport maktab tarbiyalanuvchilarining mazkur sport turiga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida rag'batlantirish hamda ularni faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlashdan iborat, - deydi sport maktabi direktori SHerbek Soatov.

"Mamlakatimizda o'smirlar va yoshlarning sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun yaratilayotgan sharoitlar jismonan sog'lom, manan etuk farzandlarni tarbiyalashda yuksak samara bermoqda", - deydi sport maktabi yo'riqchi-uslubchisi Abdilaziz Xursanov.

- Biz erishayotgan bunday muvaffqiyatlar zamirida yoshlar uchun yaratib berilayotgan keng sharoit va imkoniyatlar mujassam. Sportni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy etibor natijasida bizning Qamashi tuman 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida ham ko'plab chempionlar etishib chiqmoqda, yosh iqtidorli sportchilar mamlakatimiz dovrug'ini butun dunyoga tanitmoqda.

Qiziqarli musobaqa so'ngida g'olib va sovrindorlar 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi mamuriyati tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

F.CHoriev, Qamashi tuman 2-BO'SM katta yo'riqchi-uslubchisi    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing