So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

10 may 09:47
Yangiliklar

Dzyudo

Qazaqstan Barysy Grand Slam. Bugun o'rta vaznli dzyudochilarimizdan medallar kutamiz

Qozog'istonning Ostona shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirning ikkinchi kungi bellashuvlari boshlanish arafasida.

Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi nufuzli turnirda dunyoning 44 davlatdan kelgan 358 nafar dzyudochi medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar uchun bahslarga kirishishgan. 

Bugun Qazaqstan Barysy Grand Slam turnirining ikkinchi kuni o'rta vazn toifalarida bellashuvlar tashkil etiladi. Erkaklar o'rtasida -73, -81 kg, ayollarda esa -63 va -70 kg vaznlarda g'olib hamda sovrindorlar aniqlanadi. Bugun 5 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz. Saralash bahslari soat 10:30da boshlanadi.  

Eslatib o'tamiz, kecha musobaqaning birinchi kuni -66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan tajribali dzyudochimiz Muhriddin Tilovov bronza medalini qo'lga kiritgan edi. 


Dzyudochilarimizning ilk davradagi bellashuvlari:

-63 kg: Sevinch Isoqova — Skay Noester (JAR)

-70 kg: SHirinjon Yo'ldosheva — Nyam-Erdene Batsuuri (Mo'g'uliston)


-73 kg: Asadbek Norbo'taev — Fabiricio Espozito (Italiya)/ Barux SHmailov (Isroil)  

-73 kg: Muhammadyahyo  Muhammadjonov — Alberto Martin Gaytero (Ispaniya)

-81 kg: Nodirbek Mavlonberdiev — Li Jun Hvan (Koreya Respublikasi) 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing