16 may 11:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Qirg'izistonda MMA jangchisi fojeali tarzda vafot etdi
Aralash yakka kurash ustasi Medet Jeenaliev Issiqko'lda kichik yoshdagi qizni qutqarayotgan paytda cho'kib ketdi.
Fojea chorshanba kuni sodir bo'lgan.
Maktab o'quvchisi ko'ldagi kuchli to'lqinlar tufayli cho'kib keta boshlagan. Jeenaliev va uning hamkasbi qutqaruvga shoshilishgan va qizchani qutqarishgan, ammo sportchi suvdan chiqa olmagan.
Sog'liqni saqlash vazirligi Sputnik.kg agentligiga g'avvoslar jasadni topib, o'likxonaga topshirganini malum qildi. Jeenaliev 30 yoshda edi. U MMAdagi faoliyati davomida 4 ta jang o'tkazib, ikkitadan g'alaba va mag'lubiyat qayd etgandi.

Havola :
Manba : sputnik.kg
Fikrlar