31 jan 14:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Qirg'izistonlik UFC jangchisi: CHempionlik kamari haqida o'ylayotganim yo'q, maqsadim - bonuslar
UFCning qirg'izistonlik jangchisi Rafael Fiziev chempionlik kamariga qiziqmasligini ochiqchasiga aytib o'tdi.
"UFCdagi maqsadim - ov qilish va bonuslar olish. Kamar haqida o'ylamayman, oktagondaligimda faqat bonuslar haqida o'ylayman. Agar men jang qiladigan kardda Toni Fergyuson yoki CHarlz Oliveyra kabi sportchilarni ko'rsam, bonus olish oson bo'lmasligini tushunaman. Ammo g'alaba qozonishga, buni yorqin tarzda uddalashga intilaman", - dedi Fiziev.
Malumot uchun, Fiziev 2019 yilning aprel oyida UFCda debyut qilgan va nokaut evaziga yutqazib qo'ygan. SHundan so'ng u UFCda uchta jang o'tkazib, ularning ikkitasida eng yaxshi chiqish uchun qo'shimcha bonuslarga ega bo'lgan.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar