23 iyu 11:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Qirol Artur operaciyadan keyingi holati haqida gapirdi
Rossiyalik mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bokschi Artur Beterbiev Instagram sahifasida operaciyadan keyingi holati haqida xabar berdi.
"Jarrohlik amaliyotidan bir hafta o'tgach, oyoq og'rig'i yo'qoldi. Endi bemalol yura olaman. Lekin mashq qila olmaydigan holatda bo'lish men uchun juda g'alati.
Boks bilan shug'ullanishni boshlaganimdan beri kunlik jismoniy mashqlar hayotimning bir qismiga aylanib qolgan. Ularsiz nafaqat hayotimni, balki o'zimni ham tasavvur qilish mushkul. Ammo, men bunga echim topdim. Mashq qila olmas ekanman, dam olishni boshlayman", — deb yozadi Beterbiev Instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Artur Beterbiev so'nggi jangida Jo Smitni nokautga uchratib, WBO kamarini qo'lga kiritgandi. Hozir Beterbievda WBC, IBF va WBO chempionlik kamarlari bor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar