20 avg 11:45
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/232763_220.jpg)
Qirol Artur qachon ringga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi
Yarimog'ir vazn toifasida WBC, WBO va IBF chempioni rossiyalik Artur Beterbiev ringga qachon qaytishi haqida gapirdi.
Malumot uchun, Beterbiev va Entoni Yard o'rtasidagi jang rossiyalikning jarohati tufayli qoldirilgan edi.
"Iyul oyi o'rtalarida jarohatlangan oyog'im operaciya bo'ldi. Hozir tiklanish jarayonini o'tkazayapman. Hammasi yaxshi ketyapti. Agar jang kelasi yilning boshiga rejalashtirilgan bo'lsa, yanvargacha reabilitaciyani to'liq yakunlab mashg'ulotlarni boshlayman", - deya Beterbievning so'zlarini keltiradi "RIA Novosti Sport".
Eslatib o'tamiz, Artur Beterbiev so'nggi jangida Jo Smitni nokautga uchratib, WBO kamarini qo'lga kiritgandi. Hozir Beterbievda WBC, IBF va WBO chempionlik kamarlari bor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar