01 iyu 08:38
Yangiliklar
Boks/MMA

"Qirol Artur"ning avtomobillari ko'payib qoldi
Rossiyalik jahon chempioni Artur Beterbiev mamlakat boks federaciyasi rahbariyatining avtomobil sovg'a qilganiga izoh berdi.
"Ehtimol, uni minarman. Mashina — yaxshi narsa, foydali, menimcha. Ayniqsa, shunday "sport kar" bo'lsa. Boks federaciyasining bunday etibor berishi, rag'batlantirishi juda yoqimli.
Umumiy hisobda bu nechanchi sovg'a qilingan avtomobil? Agar o'ylab ko'radigan bo'lsam bu... ko'p. Ramzan Axmatovich menga dalda berib turadi. U hech qanday sababsiz ham rag'batlantiraveradi", - dedi Beterbiev.
Malumot uchun, Artur so'nggi bor 19 iyun kuni Jo Smitga qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, Beterievning Rossiyada qanday kutib olingani va bundan tashqari, Umar Kremlyov tomonidan taqdirlangani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar