08 iyu 08:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Qiziga zo'ravonlik qilgan shaxsni "samosud" qilgan Keyn Velaskes ishi bo'yicha yangi tafsilotlar
Sobiq UFC chempioni Keyn Velaskesning 14 yoshli qiziga zo'ravonlik uyushtirgan Garri Gularte aybini bo'yniga olmayapti.
Velaskesning qiziga nopok munosabatda bo'lgan Garri Gularte o'z aybini tan olayotganicha yo'q. Dushanba kuni Santa-Klara (Kaliforniya) okrugi sudyasi Gularte bilan aloqalarni taqiqlash bo'yicha qaror chiqardi, u ayblanuvchi bilan 100 metr masofa saqlashni shart etib belgiladi.
Garri 20 sentyabr kuni sudda, dastlabki eshittiruvda ishtirok etadi. Gularte eshittiruvda video-aloqa ko'rinishida, advokati hamrohligida qatnashadi.
Avvalroq, Keyn Velaskesning hibsga olingani va 20 yildan umrining oxirigacha qamoqda qolishi mumkinligi hamda garov evaziga qo'yib yuborilmagani haqida xabar bergandik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar