02 noy 16:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Qizlarimiz Osiyo chempionatida 12 ta medal qo'lga kiritishdi
Boks bo'yicha O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalari Qozog'istonning Astana shahrida tashkil etilayotgan Osiyo chempionatida ishtirok etishyapti.
Ayni paytga kelib, o'smir qizlar o'rtasidagi bellashuvlar o'z yakuniga etdi. SHiddatli kurashlarga boy bellashuvlarda hamyurtlarimiz 4 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg'arishga muvaffaq bo'lishdi.
Kechki dasturda o'smir yigitlar o'rtasidagi final janglari o'tkaziladi.
G'olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
-46 kg: Maftuna Musurmonova
-57 kg: Sevara Mamatova
-75 kg: Maftuna Yangieva
+80 kg: Sobirahon SHahobiddinova
Kumush medal:
-50 kg: Robiya Ravshanova
-52 kg: Muslima Turg'unova
-54 kg: Zuhro Rustamova
-63 kg: Aselya Tulegenova
-80 kg: Ruhshona Parpieva
Bronza medal:
-48 kg: Bahora Abduraimova
-60 kg: Ruhshona SHakarova
-70 kg: Rayhona Qurbonboeva
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar