03 iyu 14:59
Yangiliklar

Qo'lqopsiz boks. Yangi turnirning dastlabki natijalari
Ushbu turnirda bokschilardan tashqari aralash qoidalar ustalari ham ishtirok etdi. Oqshomning markaziy janglari superog'ir vazn toifasida o'tkazildi. Sobiq UFC chempioni Rikko Rodriges hakamlar qaroriga ko'ra Lyuis Ramzini 50-45, 50-45, 48-47 hisobida mag'lub etdi.
Bobbi Gann birinchi raunddayoq Irine Beato Kostani nokautga uchratdi. Joi Beltran esa 49-45, 49-45, 49-46 hisobida Toni Lopesdan ustun keldi. Ayollar o'rtasidagi bahslarda UFC vakilasi Bek Roulingz Alm Garsiyani ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi.
Bokschi Sem SHyumeyker Bellator faxriysi Erik Prindlni ikkinchi raundda nokaut evaziga mag'lub etdi. Estevan Payyan va Jonni Bedford mos ravishda Omar Avelar hamda Nik Mamalisni engishdi.
Fikrlar