06 noy 20:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Qozog'iston boks federaciyasi prezidenti sovrindorlarni o'z hisobidan pul mukofoti bilan taqdirlaydi
Qozog'iston boks federaciyasi prezidenti jahon chempionatida sovrindor bo'lgan bokschilarini katta miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlaydi.
"Qozog'iston boks federaciyasi prezidenti Kenes Rakishev o'z nomidan jahon chempionati g'olib va sovrindorlariga qo'shimcha ravishda pul mukofoti topshiradi", - deyiladi Qozog'iston boks federaciyasi matbuot xizmati xabarida.
Xabarda aytilishicha, qozoq bokschilari mamlakatga qaytgach qo'lga kiritgan natijasiga qarab quyidagicha mukofotlanadilar.
Oltin medal uchun: 70 000 dollar
Kumush medal uchun: 50 000 dollar
Bronza medal uchun: 30 000 dollar
Havola :
Manba : BoxingKazakistan
Fikrlar