17 may 16:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'iston matbuoti SHahram G'iyosovning Olimpiada chempioni Eleusinovga qarshi ehtimoliy jangiga etibor qaratdi
Yaqindagina prof ringda debyutini nishonlagan Rio Olimpiadasi chempioni Daniyar Eleusinov o'zining navbatdagi jangini 6 iyun kuni Londonda o'tkazadi.
Hozircha uning raqibi nomalum. Ammo, Daniyarning menejeri Ziya Aliev mijozi jahon chempioni SHahram G'iyosovga qarshi jang ehtimoldan yiroq emasligi haqida gapirdi.
"Daniyarning G'iyosovga qarshi jangi kelajakda amalga oshishi mumkin. Ularning har ikkisi ham tojni qo'lga kiritishga harakat qiladi. Garchi, ushbu vaznda kuchli bokschilar ko'p bo'lsada", - dedi menejer.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar