05 okt 14:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'istonlik mutaxassis Konkabaevga qarshi final jangida Jalolovning imkoniyatini yuqori baholadi
Qozog'istonlik sobiq professional bokschi Serikjon Eshmagambetov Qamshibek Konkabaev va Bahodir Jalolov o'rtasidagi bo'lajak jang haqida gapirdi.
"Bugun Bahodir Jalolov g'alaba qozonadi deb o'ylayman. Barcha "kozyr"lar uning qo'lida. Ular bir necha bor to'qnash kelishgan va O'zbekiston vakili ustunlikka ega, qozog'istonlik jangchining hech qanday ustunligi yo'q. Lekin, aytishadi-ku — hammasini ring ko'rsatadi", - deydi mutaxassis.
2023 yilgi Osiyo o'yinlarining +92 kg vazn toifasidagi final uchrashuvi bugun bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 18:15da boshlanadi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar