So’nggi yangiliklar

00:24Мойкано Сен-Денига қарши! UFC Paris турниридан ОНЛАЙН 0 00:04Жаҳонгир Жумаев иштирокидаги UAE Warriors 54 турнирининг марказий жанги тўлиқ давом этди 0 20:17"Ҳафа бўлди". Двалишвили Инстаграмда Нурмагомедовни блоклаб қўйди 0 19:55Конор Макгрегор ММА тарихидаги энг зўр 5 нафар спортчини айтди, Жон Жонс рўйхатда йўқ 0 19:33Топурия - Холлоуэй жанги учун захира варианти маълум 0 19:12"Навбаҳор" собиқ устозини МЮ базасига киритишмади 0 18:51Боксчи қизларимиз федерация базасида йиғин ўтказишмоқда + ФОТО 0 18:30UFC Paris турнирининг тўлиқ карди ва бошланиш вақти билан танишинг 0 18:09Мераб Шон О'Мэлли билан жанг қилиш истагини билдирди. Нурмагомедов бунга муносабат берди 0 17:48Биргина аёл бутун бошли "Рома"нинг режаларини бузиб ташлади 0 17:27Гулистонда гимнастрада ғолиблари аниқланди 0 17:06Бугун Жаҳонгир Жумаев UAE Warriors турнирининг марказий жангида октагонга чиқади 0 16:45Ниҳоят! Белал Муҳаммад илк ҳимоя жангини Шавкат Раҳмоновга қарши ўтказмоқчи 0 16:24"Барселона"га келаётган посбон иккинчи дарвозабон бўлишга рози, аммо... 0 16:03China Open. Андрей Рублёвнинг юриши бошланди 0

12 okt 18:21
Yangiliklar

Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorovdan WBC Silver kamari olib qo'yildi, endi u oltin kamar uchun jang qilmoqchi

Professional boksning yarim o'rta (-66,67 kg) vazn toifasida ringga chiqadigan o'zbekistonlik Qudratillo Abduqahhorov WBC yo'nalishining ikkinchi darajali WBC Silver kamaridan mahrum qilindi.

«Xalq so'zi Online» muxbiri vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Qudratilloning o'zi bilan bog'landi.

«Ha, darhaqiqat hozir menda WBC Silver kamari yo'q. Bunga sabab esa uni belgilangan vaqtda himoya qila olmaganim. Qoidaga ko'ra, chempionlik kamariga ega bo'lgan bokschi uni olti oy davomida himoya qilish kerak. SHu bilan birga himoya janglari oralig'i uch oydan kam bo'lmasligi kerak. Men belgilangan vaqtda bu kamarni himoya qilmadim. Natijada WBC Silver vakant bo'lib qoldi. Aniqroq aytganda o'zimiz undan voz kechdik.

Murabbiylarim bilan maslahatlashib, bir yo'la asosiy WBC kamariga harakat qilishga kelishib oldik. CHunki WBC Silverʼni uch marta himoya qildim. Endi olg'a borish kerak. SHunga oltin kamar uchun harakat qilishga qaror qildik. SHuning uchun ham Silver kamarini himoya qilishga ortiqcha etibor qaratmadik.

Ikki oydan oshiqroq vaqt davomida Amerikada shug'ullandim. Bu erda juda ko'plab bokschilarga aloqaga chiqdik. Lekin negadir ular men bilan ringga chiqishni istashmadi. To'g'risini aytsam, jang bo'lmayotganidan zerikib ham ketdim. Mana ikki kun oldin Malayziyaga qaytdik. SHu erda mashg'ulotlarni davom ettiryapmiz. Xudo xohlasa tez orada ringga chiqishga umid qilyapman», deya gapirib o'tgan Abduqahhorov «Xalq so'zi Online» muxbiri bilan suhbatda.

Malumot uchun, Abduqahhorov WBC Silver kamarini ilk marta 2017 yil fevral oyida bo'lib o'tgan ugandalik SHarles Manyushiga qarshi jangda raqibini nokautga uchratgan holda qo'lga kiritgandi. So'nggi marta u titulini 2018 yil 17 mart kuni vengriyalik Laslo Totga qarshi jangda himoya qilgandi. 5 may kuni “O'zbekiston“ sport majmuasida bo'lib o'tgan Tvaka Kidukuga qarshi jang kamarni himoya qilish muddati uch oyga etmagani bois, reyting jangi sifatida o'tkazilgan.

Eslatib o'tamiz, Qudratillo Abduqahhorov professional boksda 15 jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba (9 nokaut) qozongan. Ayni vaqtda sportchi WBC reytingida 3-o'rinda bormoqda. SHuningdek, u IBF reytingida to'rtinchi, WBO reytingida esa 12-o'rinda bormoqda.

Reyting:    

Fikrlar

   
13 okt 13:08:49
Jasur Saidmusayev
agar voqealar rivoji biz o`ylagandek bo`lsa, keyingi yil Erol Spens bilan jangni tomosha qilamiz. Spens menimcha 66,6kgda eng kuchlisi(Kroforddan ham)deb hisoblayman.
   
13 okt 13:00:22
Jasur Saidmusayev
Узбекскому боксеру Кудратило Абдукахорову (link is external) (#4 IBF) и экс-чемпиону мира в двух весовых категориях, американцу Джесси Варгасу (link is external) (#3 IBF) предложено провести отборочный поединок за первое место в рейтинге IBF в полусреднем весе. Согласно правилам организации первый номер рейтинга автоматически становится обязательным претендентом на титул ,IBF который сейчас принадлежит Эрролу Спенсу (link is external).

25-летний Абдукахоров, выступающий под эгидой малазийской промоутерской компании, не потерпел ни одного поражения на профессиональном ринге и уже дал свое согласие на участие в отборочном бое, сообщает fightnews.com.

29-летний Варгас, два предыдущих поединка которого по очень редкому стечению обстоятельств завершились ничейными результатами, пока не ответил на предложение организации. У него есть на это время до 15 октября.
   
13 okt 09:58:05
Ilhom
Manabuni yangiyik desa buladi
   
13 okt 09:57:26
Ilhom
Небитый пока ещё проспект полусреднего веса Кудратилло Хабибулло Угли Абдукахоров (15-0, 9 КО) понемногу добрался до той высоты в рейтингах, откуда уже видны вершины. Как решила IBF, он должен встретиться в бою с бывшим чемпионом мира Джесси Варгасом (28-2-2, 10 КО), чтобы выяснить, кто получит право выйти на поединок против одного из сильнейших в дивизионе — Эррола Спенса (24-0, 21 КО
   
12 okt 22:28:47
Jasur Saidmusayev
Dilshot Solihov foydalanuvchining fikriga javob berish
Achinarlik holat gaplaridan malum Pramotrlari oldindan malum saviyasi Olton kamsrga jang uyishtirishga saviyasi ko'tarmidi bu osiyo pramotirlari bo'kiscjilsrimizni barbot qvoti. Masalan Jamshid Najmidinov bir yil oldi Kiyfda Pastplga qarshi jangda boshqa pramotirlik kampaniyasi nomidam, MIR yoki GOLDINBOY pramotirlik nomidan ringa chiqanda hozir Jamshid foliyati umuman boshqacha bo'lardi . Amerikada Qudratila o'zidan oldingi Varges bilan jang uyishtirib berganda YIL boshida chimpiyonlik kamarini uchun jang qilardi Endi yana ikki yil umri Malayziyada 50 talika kirmaydigan bo'kischilar bilan umri o'tadi esiz . Erta Inin Azizbek Abdg'ofurovham kamarni topshirsa ajabmas. Prof bo'kisga o'tvotkan bo'kischilarimiz pramotir tallashda shoshilishadi keyin bizni bo'kischilar foliyati mavhumligicha qoladi. Qudratilani kuchi bemalol Vaznidagi Qirolar KRUFORT HAMDA KIT TURMANGA yetadi lekin amo biroq!!!
100% fikrizga qo`shilaman. Bu vaznda jang olib borish usulli jihatdan Shaxramdan ko`ra aynan Abduqahhorda rang-baranglik kuzatiladi, Lekin promoturlar.... mayli essiz shunodoq bokschimiz yana kamida ikki yilini yutqazdi
   
12 okt 19:29:00
Dilshot Solihov
Achinarlik holat gaplaridan malum Pramotrlari oldindan malum saviyasi Olton kamsrga jang uyishtirishga saviyasi ko'tarmidi bu osiyo pramotirlari bo'kiscjilsrimizni barbot qvoti. Masalan Jamshid Najmidinov bir yil oldi Kiyfda Pastplga qarshi jangda boshqa pramotirlik kampaniyasi nomidam, MIR yoki GOLDINBOY pramotirlik nomidan ringa chiqanda hozir Jamshid foliyati umuman boshqacha bo'lardi . Amerikada Qudratila o'zidan oldingi Varges bilan jang uyishtirib berganda YIL boshida chimpiyonlik kamarini uchun jang qilardi Endi yana ikki yil umri Malayziyada 50 talika kirmaydigan bo'kischilar bilan umri o'tadi esiz . Erta Inin Azizbek Abdg'ofurovham kamarni topshirsa ajabmas. Prof bo'kisga o'tvotkan bo'kischilarimiz pramotir tallashda shoshilishadi keyin bizni bo'kischilar foliyati mavhumligicha qoladi. Qudratilani kuchi bemalol Vaznidagi Qirolar KRUFORT HAMDA KIT TURMANGA yetadi lekin amo biroq!!!
   
12 okt 19:01:26
Jasur Saidmusayev
wbcni asl egasi hozirda 147funtda shon porter hisoblanadi. Shu vaznni nomdor bokschilari,promotrlar, muxlislar hali tanimaydi Abduqahhorni shu sababdan rozilik berishmayotgandir.
   
12 okt 18:27:38
Shahzod Xojayli
O'zbekiston Osiyo oyinlarida 77 ta medalni qolga kiritdi 35-ta oltin 24-ta kumush va 18-ta bronza umumjamoa xisobida 5 orinda turibmiz
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing