03 mar 18:26
Yangiliklar
Tennis
Rafael Nadal Indian-Uellsdagi "Masters"dan so'ng kuchli o'nlikni tark etadi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Indian-Uellsda o'tkaziladigan "Masters" turniri yakuniga ko'ra, jahon reytingida kuchli o'nlikni tark etadi.
U 2005 yilning aprelida kuchli o'nlikka kirgan va o'shandan beri umuman tushib ketmagandi. Bu borada rekord aynan Nadalga tegishli. U ketma-ket 912 haftani kuchli o'nlikda o'tkazgan.
"Pastda bo'lgandan ko'ra, kuchli o'nlikda bo'lgan yaxshi. Jarohatlarim borligiga qaramay, 18 yil ichida kuchli o'nlikdan tushib ketmaganimdan o'zim ham hayronman", - dedi Nadal.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar