18 iyu 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Rafael Rafael haqida: "Bu borada u mendan ustun"
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Rafael dos Anos qirg'izistonlik Rafael Fizievga qarshi jangda qanday taktika qo'llashini aytdi.
"Bu jangdan ko'p narsa kutish mumkin. Uning mahoratini besh raund davomida sinab ko'rmoqchiman. CHunki, Fiziev bunday jangni ilk bor o'tkazmoqda. Rejam - jang boshidan unga bosim o'tkazish. Bilaman, u tezkor. Bu borada Fiziev mendan ustun. Lekin men unga hech qanday imkoniyat qoldirmayman", — dedi Dos Anos Ag Fight'ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Rafael Dos Anos va Rafael Fiziev o'rtasidagi jang 9 iyul kuni Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar